Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
OTM va maktablar reytingi o‘z vaqtida e'lon qilinadi – Ta'lim inspeksiyasi
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta'lim sifatini nazorat qilish inspeksiyasi axborot xizmati rahbari Feruza Madrahimova AOKAda o‘tkazilgan brifingda ta'lim muassasalari reytingi o‘z vaqtida e'lon qilinishini ma'lum qildi.
«Maktablar reytingi ham, OTMlar reytingi ham joriy yilda albatta e'lon qilinadi. Bu bo‘yicha jarayon to‘xtagani yo‘q.
Oliy ta'lim muassasalari reytingiga oid ma'lumotlar tahlil qilib bo‘lindi, endi tasdiqlash uchun OTM rektorlariga yuborishga tayyorlanmoqda. Muddati 1-10 aprel. Rektorlar tomonidan 2020 yil 1 maygacha ko‘rib chiqib tasdiqlab berilganidan so‘ng, ko‘rsatkichlarga ball hisoblash jarayoni boshlanadi. Joriy yilning avgust oyida OTMlar reytingi ommaviy axborot vositalari orqali keng jamoatchilikka e'lon qilinadi.
Maktablar reytingi bo‘yicha ma'lumotlar tahlil qilinyapti. 2019 yil oktyabr-dekabr oylarida respublikadagi maktablarning 10 foizida nazorat ishlari va so‘rovnomalar o‘tkazilib, natijalari tayyorlab qo‘yildi. Hozirgi vaqtda navbatdagi 10 foiz maktablarga nazorat materiallari tayyorlanmoqda.
Agar karantin sababli nazorat ishlarini o‘tkazish imkoniyati bo‘lmasa, dastlabki o‘tkazilgan natijalar asosida maktablar reytingini ham avgust oyida e'lon qilish mumkin bo‘ladi», deya Madrahimovaning so‘zlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.
Brifingda maktablarda PISA xalqaro baholash tajribasi karantin tugagandan so‘ng o‘tkazilishi ma'lum qilindi.
«2020 yilning aprel-may oylarida PISA va PIRLS xalqaro baholash dasturi doirasida O‘zbekistonda tajriba-sinovlarini o‘tkazish belgilangan edi. Karantin tufayli tajriba-sinovlarni o‘tkazish vaqtincha to‘xtatildi. Lekin bu tajriba-sinovlar umuman o‘tkazilmaydi, degani emas. Bu haqida Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyoti tashkiloti (OECD) va Ta'lim yutuqlarini baholash xalqaro assotsiatsiyasi (IEA) hamda tegishli xalqaro hamkorlar bilan muloqot olib borildi. Tajriba-sinovini o‘tkazish bo‘yicha yangi muddatlar karantin davri ijobiy yakunlangandan so‘ng belgilanadi», dedi Madrahimova.
Uning qo‘shimcha qilishicha, televideniye orqali efirga uzatiladigan darslarda PISA xalqaro tadqiqotlariga tayyorgarlik bo‘yicha ham darslar beriladi. Videodarslarda ham trener-o‘qituvchilar tomonidan xalqaro baholash dasturlari haqida ma'lumotlar va tegishli fanlarning ba'zi mavzulariga mos ravishda savol va topshiriqlarlaridan ham namunalar berilyapti.
Inspeksiya huzuridagi Milliy markaz tomonidan PISA xalqaro tadqiqotlariga tayyorgarlik bo‘yicha 30ga yaqin videodarslar va o‘quv qo‘llanmalar tayyorlangan. Ushbu videodarslar Inspeksiyaning rasmiy sayti tdi.uz, telegram kanali va ijtimoiy tarmoqlar orqali muntazam e'lon qilinyapti.
Mavzuga oid
08:17 / 01.06.2026
Elektr energiyasiga talab oshib bormoqda: dunyo reytingi taqdim etildi
08:05 / 15.05.2026
Dunyodagi eng yirik portlar reytingi e’lon qilindi
08:17 / 11.05.2026
Mis zaxiralari qaysi davlatlarda to‘plangan? Jahon reytingi
08:38 / 22.04.2026