Buyuk Britaniya bosh vaziri Boris Jonson koronavirusdan zararlangan. Bu haqda uning o‘zi tvitterdagi sahifasida ma'lum qilgan.
![](https://storage.kun.uz/source/6/rM5hIJ_zw1p763sIrMWA_e-qb9aCGab8.jpg)
Foto: EPA/Vostock-photo
«So‘nggi 24 soatda menda yengil simptomlar paydo bo‘ldi va koronavirusni aniqlash bo‘yicha test natijasi ijobiy chiqdi», — degan Jonson.
Ayni vaqtda 55 yoshda bo‘lgan siyosatchi videomurojaati yakunida barchani uyda qolishga chaqirgan.
Over the last 24 hours I have developed mild symptoms and tested positive for coronavirus.
— Boris Johnson #StayHomeSaveLives (@BorisJohnson) March 27, 2020
I am now self-isolating, but I will continue to lead the government’s response via video-conference as we fight this virus.
Together we will beat this. #StayHomeSaveLives pic.twitter.com/9Te6aFP0Ri
U Dauning-stritdagi qarorgohida karantinda qolmoqda, ammo hukumatni videokonferensiya aloqa orqali boshqarmoqda.
- 25 mart kuni Britaniya taxti vorisi — 71-yoshli shahzoda Charlzga koronavirus tashxisi qo‘yilgandi. Ayni vaqtda Shotlandiyada bo‘lgan shahzoda va rafiqasi o‘zlarini izolyatsiya qilishgan.
- 27 mart holatiga ko‘ra, Buyuk Britaniyada 11658 kishida koronavirus aniqlangan, bemorlarning 578 nafari vafot etgan, 135 kishi tuzalgan.
- Tasdiqlanmagan ma'lumotlarga ko‘ra, qirolicha Yelizaveta II koronavirus tufayli millatga telemurojaat qilishga tayyorlanmoqda. Bu uning 68 yillik boshqaruvi davrida to‘rtinchi marta rejadan tashqari telemurojaati bo‘lishi mumkin.
- Buyuk Britaniyada 23 mart kuni 3 haftalik karantin joriy etilgandi.