Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
DXX xodimlari xayrli aksiyaga qo‘shildi
Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari ixtiyoriy ravishda o‘zlarining bir kunlik ish haqlarini «O‘zbekiston mehr-shafqat va salomatlik» jamoat fondiga o‘tkazdi, deb xabar bermoqda Kun.uz muxbiri.
Ayni murakkab vaziyatda o‘zbek xalqiga xos bo‘lgan bahamjihatlik va saxovatpeshalik koronavirus infeksiyasiga qarshi kurash doirasida tashkil etilgan «O‘zbekiston mehr-shafqat va salomatlik» jamoat fondiga kelib tushayotgan beminnat mablag‘larda namoyon bo‘lmoqda.
O‘z navbatida, mazkur xayrli ishga Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari ham hissalarini qo‘shib, ixtiyoriy ravishda o‘zlarining bir kunlik ish haqlarini ushbu fondga beg‘araz yordam tariqasida o‘tkazib berishdi.
Jahon hamjamiyati uchun jiddiy muammoga aylangan COVID-19 pandemiyasiga qarshi O‘zbekistonda ham qat'iy chora-tadbirlar ko‘rilmoqda. Xususan, respublika aholisini ushbu xavfdan himoya qilish, uni iqtisodiyot tarmoqlariga bo‘ladigan salbiy ta'sirini yumshatish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi prezidentining farmoni qabul qilingan.
Shuningdek, dunyoda jiddiy epidemiologik vaziyat yuzaga kelishi asnosida xorijiy davlatlarda qolayotgan O‘zbekiston fuqarolari bosqichma-bosqich vatanimizga olib kelinib, ularga zarur tibbiy xizmatlar ko‘rsatilmoqda.
Mavzuga oid
08:18 / 04.06.2026
1,5 gektar yerni «sotish» bahonasida 750 ming dollar so‘ragan shaxs ushlandi
08:20 / 03.06.2026
DXX tezkor tadbiri: Trackerʼdan 8,9 kg gashish topildi
15:25 / 29.05.2026
Farg‘onada bankir, Jizzaxda hokimlik mansabdori pora bilan ushlandi
17:24 / 21.05.2026