Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Santyago Bernabeu» stadionidan dori-darmon ombori sifatida foydalaniladi
«Real» klubi Oliy sport kengashi (CSD) bilan hamkorlikda koronavirus pandemiyasiga qarshi foydalaniladigan tibbiy ashyolarni yetkazib berish va tarqatish bo‘yicha loyihani yo‘lga qo‘ygan.
«Real» (Madrid) klubining uy stadioni bo‘lmish «Santyago Bernabeu» stadionidan sport kompaniyalari va tashkilotlari tomonidan xayriya sifatida taqdim etiladigan dori-darmonlar va zarur ehtiyoj buyumlari saqlanadigan omborxona sifatida foydalaniladi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar berdi.
Bayonotda aytilishicha, klub Oliy sport kengashi (CSD) bilan hamkorlikda koronavirus pandemiyasiga qarshi foydalaniladigan tibbiy ashyolarni yetkazib berish va tarqatish bo‘yicha loyihani yo‘lga qo‘ygan.
Ta'kidlanishicha, xayriyalar Ispaniyadagi davlat sog‘liqni saqlash tashkilotlari ixtiyoriga beriladi.
Shuningdek, «Real» tashkilot va korxonalarga sog‘liqni saqlash vazirligiga mablag‘ yoki moddiy ko‘mak berish imkoniyatini berishini ma'lum qilgan.
So‘nggi ma'lumotlarga ko‘ra, Ispaniyada koronavirus yuqtirganlar soni 56 ming kishidan oshgan.
Mavzuga oid
18:37 / 21.09.2025
COVID-19 pandemiyasi boshlanishini yoritgan xitoylik jurnalist 4 yilga qamaldi
15:47 / 06.08.2025
AQSh Sog‘liqni saqlash vazirligi mRNK-vaksinalari uchun mablag‘ni qaytarib oldi
21:02 / 24.07.2025
Olimlar COVID-19 pandemiyasi odamlarning miyasini qaritganini aniqladi
17:18 / 05.07.2025