Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
XVJ Qirg‘izistonga koronavirusga qarshi kurash uchun 121 mln dollar ajratdi
Xalqaro valuta jamg‘armasi Qirg‘izistonga koronavirusga qarshi kurash uchun 121 mln dollar ajratdi.
Foto: AFP
Bu haqda jamg‘arma saytida ma'lum qilingan. Ta'kidlanishicha, bu pandemiya boshlangandan beri XVJning ma'qullangan birinchi favqulodda kreditidir.
Jamg‘arma Qirg‘izistonga tezkor moliyalashtirish instrumenti bo‘yicha 80,6 mln dollar va tezkor kreditlash mexanizmi doirasida 40,3 mln dollar ajratgan.
Qirg‘iziston bu mablag‘larni koronavirus pandemiyasi sababli to‘lovlar balansini tezkorlik bilan muvozanatlash uchun oladi. Bundan tashqari, mamlakat sog‘liqni saqlash tizimi uchun zarur zaxiralarni ozod qilish imkoniga ega bo‘ladi.
XVJ bayonotiga ko‘ra, epidemiya Qirg‘iziston uchun makroiqtisodiy prognozni yomonlashtirgan va 400 mln dollar miqdorida to‘lov balansi taqchilligini hosil qilgan.
“Koronavirsus pandemiyasi Qirg‘iziston iqtisodiyotiga qattiq zarba berdi va to‘lov balansini muvozanatlashga o‘tkir ehtiyojni paydo qildi. Iqtisodiyotning barcha sohalari virusni to‘xtatish uchun qabul qilinayotgan choralar natijasida qattiq ta'sirga uchragan”, deb aytgan XVJ rahbari Kristalina Georgiyeva.
Ayni vaqtda Qirg‘izistonda koronavirusga chalinganlar soni 58 nafarni tashkil qilmoqda. Respublikada favqulodda vaziyat tartibi kiritilgan.
Mavzuga oid
18:30 / 29.12.2025
Qirg‘izistonning sobiq prezidenti Almazbek Atambayev davlat mukofotlaridan mahrum etildi
10:44 / 27.12.2025
Qirg‘izistonda o‘qituvchilar va tibbiyot xodimlarining oyligi 2 baravar oshiriladi
14:22 / 17.12.2025
Qirg‘izistonda ta’lim vaziri mast holda mashina boshqarib qo‘lga tushdi
17:58 / 16.12.2025