Jahon | 22:27 / 30.03.2020
11310
1 daqiqa o‘qiladi

Qozog‘istonda koronavirus sababli karantin choralari kuchaytiriladi

Qozog‘istonda koronavirus yuqtirish bilan bog‘liq 300dan ortiq holat qayd etilgan. Nur-Sulton va Olmaotada 19 martdan karantin joriy etilgan.

Foto: Getty Images

Koronavirus sababli Qozog‘istonning barcha hududlarida karantin choralari kuchaytiriladi. Bu haqda mamlakat sog‘liqni saqlash vaziri Yeljan Birtanov ma'lum qildi.

"Bizning vazifamiz – o‘sishni kamaytirish, yangi holatlarni kamaytirish. Aynan shuning uchun davlat rahbari tomonidan butun mamlakat bo‘ylab karantin e'lon qilindi, aynan shuning uchun nafaqat Nur-Sulton va Olmaotada, balki barcha hududlarda karantinni kuchaytirish bo‘yicha choralar qabul qilindi", - dedi Birtanov.

U o‘z-o‘zini izolyatsiya qilish va boshqalar bilan muloqotni cheklash muhim ekanligini ta'kidladi.

Qozog‘istonda koronavirus yuqtirish bilan bog‘liq 300dan ortiq holat qayd etilgan. Nur-Sulton va Olmaotada 19 martdan karantin joriy etilgan. Dushanbadan yana oltita shahar: Atirau, Qarag‘anda, Temirtau, Saran, Shaxtinsk va Abay karantin uchun yopildi.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid