Jahon | 08:59 / 30.03.2020
12954
1 daqiqa o‘qiladi

Shimoliy Koreyada ko‘p zaryadli pusk qurilmasi sinovdan o‘tkazildi

Shimoliy Koreyada yirik o‘lchamli ko‘p zayardli pusk qurilmasining sinovlari o‘tkazildi. Sinovlar qurilmaning taktik va texnik ko‘rsatkichlarini tasdiqlash uchun o‘tkazilgan.

Foto: REUTERS/KCNA

Bu haqda “Nodon sinmun” nashri xabar bergan. Biroq qurilmaning turi haqida ma'lumot keltirilmagan.

Avvalroq Janubiy Koreya shtablari boshliqlari qo‘mitasi Shimoliy Koreya 29 mart kuni Yapon dengizi tomon kichik masofalarga mo‘ljallangan 2 ta ballistik raketani uchirganini ma'lum qilgan. Raketalar 230 km masofa bosib o‘tgan.

Shimoliy Koreya 21 mart kuni ham raketa sinovlari o‘tkazgandi. O‘shanda bevosita mamlakat rahbari Kim Chen Inning boshchiligida yangi taktik boshqariluvchi raketalar sinovdan o‘tkazilgan.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid