Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yaponiyada mamlakatga qator davlatlar fuqarolarining kirishi taqiqlanishi mumkin
Yangi cheklovlarga muvofiq, AQSh, Yevropa davlatlari, Xitoy, Janubiy Koreya fuqarolariga Yaponiyaga kirish taqiqlanishi mumkin.
Yaponiya hukumati mamlakatga tashqaridan koronavirus kirib kelishining oldini olishga qaratilgan choralarni kuchaytirmoqchi. Bu haqda Asahi gazetasi xabar bermoqda.
Nashrning yozishicha, yangi cheklovlarga muvofiq, AQSh, Yevropa davlatlari, Xitoy, Janubiy Koreya fuqarolariga Yaponiyaga kirish taqiqlanishi mumkin.
Taqiq shuningdek, Janubi-Sharqiy Osiyo va Afrikaning ayrim davlatlariga ham taalluqli bo‘lishi mumkin, deb yozadi gazeta.
Oxirgi ma'lumotlarga ko‘ra, Yaponiyada koronavirusga chalinish bilan bog‘liq 2 578 ta holat qayd etilgan, 65 kishi vafot etgan.
Mavzuga oid
20:40 / 27.06.2026
Yaponiyada noqonuniy yashab kelgan O‘zbekiston fuqarosi deportatsiya qilindi
16:44 / 22.06.2026
Yaponiya viza narxini besh barobarga oshiradi
18:57 / 15.06.2026
Yaponiya O‘zbekistonda energiya samaradorligini oshirish uchun 230 mln dollar kredit ajratadi
08:43 / 11.06.2026