Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ayrim kassalar, valuta ayirboshlash shoxobchalari faoliyati vaqtincha to‘xtatiladi
30 martdan boshlab bank binosidan tashqarida joylashgan bankning kassalari, valuta ayirboshlash shoxobchalari faoliyati vaqtincha to‘xtatiladi, deb xabar bermoqda Kun.uz muxbiri.
Markaziy bank ma'lumotiga ko‘ra, bundan fuqarolarga kechiktirib bo‘lmaydigan xizmatlar ko‘rsatuvchi tashkilotlar hamda bojxona chegara hududida joylashgan bank infratuzilmasi hamda aholiga pensiya va nafaqa tarqatish maqsadida tashkil etilgan sayyor kassalar mustasno.
Markaziy bank boshqarma boshlig‘i Xusanxo‘ja Obidovning Kun.uzʼga ma'lum qilishicha, ushbu cheklov viloyat va tuman markazlaridagi bank filiali binosida faoliyati yurituvchi valuta ayirboshlash shoxobchalariga tatbiq etilmaydi.
«Ushbu cheklov olis hududlarda joylashgan yakka VAShga nisbatan qo‘llaniladi», - deydi u.
Ayrim kassalar, valuta ayirboshlash shoxobchalari faoliyati vaqtincha to‘xtatiladiAyrim kassalar, valuta ayirboshlash shoxobchalari faoliyati vaqtincha to‘xtatiladi 👉 https://kun.uz/32186394
Posted by Kun.uz on Tuesday, March 31, 2020
Shuningdek, MB tizim barqarorligini ta'minlash hamda amalga oshirilishi kechiktirib bo‘lmaydigan masalalar yuzasidan taqdim etiladigan hisobotlardan tashqari barcha hisobotlarni berib borishni to‘xtatishni tavsiya etmoqda.
Mavzuga oid
19:21 / 16.06.2026
O‘zbekistonning jahon chempionatidagi ishtirokiga bag‘ishlangan esdalik tangalar sotuvga chiqariladi
16:50 / 16.06.2026
“Asosiy stavka ta’sirchanligini oshirish choralarini ko‘ramiz” – Ishmetov
16:37 / 16.06.2026
Timur Ishmetov: 2027 yilda 5 foizlik inflatsiya maqsadiga erishish yo‘lida jiddiy xatarlar ko‘rmayapmiz
11:05 / 16.06.2026