Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda karantin muddati qachon tugashi noma'lum
Bosh davlat sanitariya inspektori Nurmat Otabekov O‘zbekistonda karantin davri qachon tugashi mumkinligi to‘g‘risidagi savolga javob berdi.
«Karantin kasallikning yashirin davri uchun belgilangan muddat hisoblanadi. Shuning uchun karantin davrini tugatish masalasi eng oxirgi aniqlangan bemor ham shifoxonaga yotqizilib, alohidalangandan 14 kun o‘tgandan so‘ng boshqa hech kimda kasallik aniqlanmaganiga to‘liq ishonch hosil qilingandan so‘ng ko‘rib chiqiladi.
Karantin davrini tugatish Respublika maxsus komissiyasi qaroriga ko‘ra amalga oshiriladi», deya ma'lumot berdi Nurmat Otabekov.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda 15 mart kuni koronavirusdan zararlangan ilk bemor aniqlanishi ortidan 16 martdan cheklov choralari joriy etila boshlandi. Avvaliga barcha ta'lim muassasalari yopildi, keyinroq O‘zbekiston xalqaro transport aloqalarini to‘xtatdi, mart oyining so‘nggi o‘n kunligi davomida ko‘p kishi to‘planadigan turli tadbirlar bekor qilindi, umumiy ovqatlanish shoxobchalari yopildi, oy oxiriga kelib mamlakatda tibbiy niqobda yurish majburiy qilib qo‘yildi, viloyatlararo transport harakati cheklandi, shaxsiy avtomobilda maxsus ruxsatnomasiz harakatlanish taqiqlandi, fuqarolarga zaruratsiz uydan chiqmaslik tavsiya etilmoqda.
Respublika maxsus komissiya tomonidan joriy etilgan qat'iy choralar 20 aprelga qadar amalda bo‘lishi ko‘zda tutilgan.
Mavzuga oid
12:32 / 02.10.2025
Ayrim chegara punktlari karantin ostidagi mahsulotlarni olib kirishga ixtisoslashtiriladi
10:56 / 28.09.2025
Shifoxonalarda 182 nafar bola qolmoqda - Nurmat Otabekov Toshkent viloyatidagi holat haqida
11:29 / 27.09.2025
«694 nafar bola shifoxonada qolmoqda, ularning 421 nafariga bugun javob beriladi» – Nurmat Otabekov
18:37 / 20.06.2025