Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Milliarder Tinkov «Tinkoff Bank» direktorlar kengashi raisi lavozimidan ketadi
Milliarder Oleg Tinkov yaqin haftalar ichida “Tinkoff Bank” direktorlar kengashi raisi lavozimidan ketadi. Milliarderning bu haqidagi bayonotini uning vakili Forbes nashriga bergan.
Tinkovning ma'lum qilishicha, u biznesdagi ulushini nazorati ostidagi kompaniyalardan oilaviy trastga o‘tkazgan. “Bu aksiyalarni har qanday vaziyatda, hatto mening o‘limim holatida oilada saqlab qolish imkonini beradi”, deb tushuntirgan milliarder.
Tinkovning iste'fosi unga “bor e'tiborini sog‘lig‘iga qaratish” imkonini beradi. Uning ta'kidlashicha, sog‘liq hozir u uchun “ustuvor masala” hisoblanadi.
Mart boshida milliarder unda leykemiyaning (oqqon) o‘tkir shakli aniqlanganini ma'lum qilgandi. “Men bir nechta kimyoterapiya kurslaridan o‘tdim. Hayotimda o‘zim va ishim uchun kurashishga to‘g‘ri kelgan, biroq hozir men eng asosiysi - hayotim uchun kurashaman”, deb ta'kidlab o‘tgan Tinkov.
“Tinkoff Bank” tijorat banki bo‘lib, uning faoliyati to‘liq masofadan xizmat ko‘rsatishga ixtisoslashgan.
Tinkov “Tinkoff Bank”ga egalik qiluvchi TCSGroup kompaniyasi kapitalida 40,4 foiz ulushga ega bo‘lgan. Uning ovoz berishdagi ulushi 88,6 foizni tashkil qilgan.
Tinkov Forbes talqiniga ko‘ra, rossiyalik milliarderlar orasida 2,2 mlrd dollarlik boylik bilan 47-o‘rinni egallab kelmoqda.
Mavzuga oid
23:40 / 31.10.2022
Oleg Tinkov Rossiya fuqaroligidan voz kechdi
16:29 / 10.07.2022
Oleg Tinkov oqqon kasalligidan forig‘ bo‘lganini aytdi
22:47 / 13.10.2021
Rossiyalik milliarder AQShga yarim milliard dollar jarima to‘ladi
22:38 / 26.07.2020