Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Moskvada katta guruh bo‘lib to‘planuvchilar jarimaga tortiladi
Moskvada katta guruh bo‘lib to‘planuvchi odamlar o‘zini izolyatsiyalash rejimini buzgani uchun jarimaga tortiladi. Bu haqda Moskva meri matbuot kotibi Boris Bulay ma'lum qildi.
“Farmoyish bor, unda jarimalar aniq ko‘rsatib qo‘yilgan. Ayni vaqtda bu karantin qoidalariga rioya qilmaydigan, katta guruh bo‘lib to‘planuvchilarga va shahar ma'muriyati ogohlantirishlariga quloq solmaydiganlarga joriy qilinadi”, deb aytgan Bulay.
Avvalroq Moskva meri Sergey Sobyanin karantin rejimini buzganlik uchun to‘lanadigan jarimalar haqidagi qonunni tasdiqlagandi. Unga ko‘ra, uydan asosli sababsiz ko‘chaga chiqadiganlar 5 ming rublgacha, virus tarqalishiga qarshi choralarni buzadigan tashkilotlar esa 500 ming rublgacha jarimaga tortiladi.
30 mart kuni Moskva meri o‘rinbosari Anastasiya Rakova o‘zini majburiy izolyatsiya qilish rejimi joriy qilinishi “o‘z turmush tarzini o‘zgartirishni istamagan odamlarning vaziyatni yetarlicha anglamaganlari natijasi” bo‘lganini aytgan.
Mavzuga oid
11:49 / 20.05.2026
5 ming so‘mlik kolbasalar: ogohlantirish va jarima yetarli chorami?
18:55 / 15.05.2026
Toshkentda noto‘g‘ri «parkovka» qilingan avtomobillar jarima maydoniga olib ketiladi
11:36 / 14.05.2026
Yuridik shaxslarga jarima qo‘llash tartibi o‘zgaradi
13:08 / 13.05.2026