Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Bozordan xonadongacha» - Buxoroda ko‘chma bozorlar faoliyatini boshladi
Karantin sharoitida bozorlarda imkon qadar aholi to‘planishining oldini olish maqsadida Buxorodagi bir qator hududlarda aholi uylari yaqinida ko‘chma bozorlar ish boshladi.
Buxoro viloyat hokimligi axborot xizmatining Kun.uz’ga ma'lum qilishicha, asosan savdo do‘konlari nisbatan kam va dehqon bozoridan uzoqroq aholi uchun zaruriy o‘ttizga yaqin turdagi oziq-ovqat mahsuloti arzon narxda taklif qilinmoqda.

Mazkur amaliyot Bosh prokuratura huzuridagi iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti viloyat boshqarmasi tashkilotchiligida «Bozordan xonadongacha» shiori ostida o‘tkazilmoqda.

Misol uchun, aholi ehtiyojlarini o‘rgangan holda Kogon tumani chekka hududlarida arzonlashtirilgan narxlarda oziq-ovqat mahsulotlari yetkazish uchun 16 ta avtotransport vositasi jalb qilingan. Ulgurji bozordan zaruriy oziq-ovqat mahsulotlari xarid qilinib, aholi manziliga eltib berilgan.
Mavzuga oid
15:20 / 13.06.2026
Eski sandiqdan topilgan britancha surat: Dulsi xonim izlagan Boqijon Akramov Buxoro va Qashqadaryodan topildi
14:22 / 12.06.2026
Mevalar nega qimmat?
12:10 / 27.05.2026
Buxoroda YTH sodir qilgan haydovchi 10 sutkaga qamaldi
18:54 / 26.05.2026