O‘zbekiston | 12:10 / 06.04.2020
82243
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlarning ikki nafari o‘ta og‘ir ahvolda qolmoqda

Sog‘liqni saqlash vaziri Alisher Shodmonov O‘zbekistondagi koronavirus bemorlari bo‘yicha qo‘shimcha ma'lumotlarni ma'lum qildi.

Ma'lum qilinishicha, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilgan holatlarning 188 nafari erkak, 202 nafari ayollardir.

Vazir «O‘zbekiston 24» telekanalidagi chiqishida ma'lum qilishicha, bemorlarning 31 nafarida pnevmoniya kuzatilmoqda. Shundan 9 nafarining ahvoli nisbatan og‘ir, 2 nafarining ahvoli esa o‘ta og‘ir baholanmoqda. O‘ta og‘ir ahvoldagi ikki bemor sun'iy nafas oldirish apparatiga ulangan.

Bemorlarning yosh jihatidan tasnifi quyidagicha:  

0-9 yoshgacha – 10 nafar (2,6 foiz);
10-19 yoshgacha – 15 nafar (3,8 foiz);
20-29 yoshgacha – 59 nafar (15,1 foiz);
30-39 yoshgacha – 111 nafar (28,5 foiz);
40-49 yoshgacha – 123 nafar (31,5 foiz);
50-59 yoshgacha – 48 nafar (12,3 foiz);
60-69 yoshgacha – 17 (4,4 foiz);
70-79 yoshgacha – 6 (1,5 foiz);
80 yoshdan yuqori bo‘lganlar 1 nafar (0,3 foiz)ni tashkil etmoqda.

Mavzuga oid