Jahon | 23:53 / 06.04.2020
12337
1 daqiqa o‘qiladi

Turkiyada koronavirusdan tuzalganlar soni 1,3 ming kishidan oshdi

Turkiya sog‘liqni saqlash vazirining ta'kidlashicha, mamlakatda COVID-19dan tuzalishlar soni o‘sishi tezlashgan.

Foto: EPA

Turkiyada koronavirus epidemiyasi boshlanganidan buyon 1326 nafar bemor tuzaldi, deb ma'lum qildi mamlakat sog‘liqni saqlash vaziri Faxrettin Koja.

Uning so‘zlariga ko‘ra, hozirda 1415 kishi intensiv terapiya bo‘limlarida qolmoqda.

Vazirning ta'kidlashicha, mamlakatda COVID-19dan tuzalishlar soni o‘sishi tezlashgan.

Kojaning ma'lumot berishicha, oxirgi sutkada mamlakatda 75 bemor vafot etgan, qurbonlar soni 649 nafarga yetgan.

Oxirgi ma'lumotlarga ko‘ra, Turkiyada koronavirus yuqtirish bo‘yicha 30217 ta holat qayd etilgan. 

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid