Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
3 hafta ichida 17 mln amerikalik ishsiz qoldi
Koronavirus pandemiyasi sababli kiritilgan cheklovlar sababli tobora ko‘proq amerikaliklar ishidan mahrum bo‘lmoqda.
AQShda pandemiya boshidan beri 17 mlnga yaqin kishi, jumladan oxirgi haftada 6,6 mln kishi ishsizlik nafaqasi olish bo‘yicha murojaat qilgan. Bu haqda Associated Press axborot agentligi xabar berdi.
Bunday ma'lumotlarni AQSh mehnat vazirligi taqdim qilgan. Oxirgi 3 hafta ichida taxminan 10 amerikalikdan biri ishini yo‘qotgan.
Mehnat bozorining bunday qisqarishi 1948 yildan beri olib boriladigan statistik kuzatuvlar davomidagi antirekord bo‘ldi. May boshida AQShda ishsizlik darajasi 15 foizga yetishi kutilmoqda.
Aprel holatiga ko‘ra, AQShning 48 shtatida ikkinchi darajali korxonalar o‘z ishini to‘xtatgan. Restoranlar, mehmonxonalar, savdo markazlari, ko‘plab mayda bizneslar daromadsiz qolgani sababli millionlab xodimlarini ishdan bo‘shatishiga to‘g‘ri kelgan.
Oxirgi haftaning o‘zida nooziq-ovqat mahsulotlarining chakana savdosi 2019 yilning shu davriga nisbatan 97 foizga qisqarib ketgan.
Aeroportlarda yo‘lovchilar oqimi 95 foizga, mehmonxonalar daromadlari esa 80 foizga kamayib ketgan.
Mavzuga oid
09:02
Netanyahu Trampga bosim o‘tkazishi mumkin - AQSh razvedkasi
22:39 / 19.06.2026
Tushunarsiz kelishuv: Tehron uni «Amerika ustidan g‘alaba» deb talqin qilmoqda
21:38 / 19.06.2026
AQSh va Eron o‘rtasida Shveytsariyadagi muzokaralar o‘tkazilmaydigan bo‘ldi
20:51 / 19.06.2026