Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bangkokda COVID-19 sababli alkogol sotuvi taqiqlandi
Ayni paytgacha Rayong, Supxanburi, Surin, Lampxun, Sakonnakxon, Pxitsanulok, Buriram, Nakxonpatxom, Mukdaxan, Samutsongkram provinsiyalari va Chiangmay shahrida alkogol mahsulotlari sotuvi taqiqlangandi.
Foto: RIA Novosti
Tailand poytaxti Bangkok shahri ma'muriyati koronavirus epidemiyasiga qarshi kurashish doirasida 10 apreldan 20 aprelgacha shahar hududida alkogol mahsulotlari sotuvini taqiqladi. Bu haqda Tailand hukumati matbuot kotibining o‘rinbosari Ratchada Txanadirek o‘zining Twitter-akkauntida ma'lum qildi.
"Yana bir terrirtorial hududda alkogol mahsulotlari sotuvi taqiqlandi: Bangkokda 10 apreldan 20 aprelgacha taqiq joriy etildi", - deb yozdi u.
Ayni paytgacha Rayong, Supxanburi, Surin, Lampxun, Sakonnakxon, Pxitsanulok, Buriram, Nakxonpatxom, Mukdaxan, Samutsongkram provinsiyalari va Chiangmay shahrida alkogol mahsulotlari sotuvi taqiqlangandi.
Tailand hukumati alkogol sotuvini taqiqlash spirtli ichimliklar ichish bilan bog‘liq bo‘lgan turli ziyofat va yig‘inlarning to‘xtatilishi hisobiga o‘zini-o‘zi izolyatsiya qilish rejimini buzish holatlari kamayishiga olib keladi deb hisoblamoqda.
Mavzuga oid
11:03 / 19.03.2026
Tailanddagi YTHda O‘zbekiston fuqarosi halok bo‘ldi
11:44 / 12.03.2026
Ho‘rmuz bo‘g‘ozi hududida uchta fuqarolik kemasiga hujum qilindi
16:18 / 21.02.2026
Xitoy dronlarni Rossiyaga Tailand orqali yetkazib berishni boshladi
16:06 / 09.02.2026