Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Dubayliklar uyda qolgan holda marafon o‘tkazishadi
Dubayda 10 aprelda «Uyda marafon” sport tashabbusi bo‘lib o‘tadi. Unda butun Fors ko‘rfazidan 749 kishi ishtirok etadi.
Marafon Dubay sport kengashi, sport kiyimi ishlab chiqaruvchi Asics Middle East kompaniyasi va 5:30 Run club sport klubi tomonidan o‘tkazilib, karantin kunlarida amalga oshirilayotgan “Formada bo‘l, xavfsizlikda bo‘l” (Be Fit, Be Safe) tashabbusi va “Uyda qoling” kampaniyasining bir qismi hisoblanadi.
Uy marafonining masofasi ham an'anaviy marafonniki kabi 42 km 195 metrni tashkil qiladi. Unda mintaqaning barcha yosh va millatdagi vakillari ishtirok eta olishadi. Ayni vaqtda www.530run.ae saytida marafonda ishtirok etish uchun 18 yoshdan 65 yoshgacha bo‘lgan 526 erkak va 223 ayol ro‘yxatdan o‘tgan.
Marafon soat 8dan 18gacha davom etadi. Yugurish yo‘lakchasi yoki boshqa maxsus qurilmadan foydalanish taqiqlanadi hamda ko‘chaga chiqishga ruxsat berilmaydi, marafon uyda o‘tishi kerak. Ishtirokchilar istalgan yo‘nalishni belgilab olib, u bo‘ylab yugurishlari mumkin bo‘ladi.
Sportchilarni ularning smartfonlari va fitnes-trekerlariga o‘rnatilib, faollashtiriladigan Strava dasturi kuzatib boradi. G‘oliblarga turli sovg‘alar topshiriladi. Ulardan biri 2020 yil sentyabrda o‘tadigan Moskva marafoniga chipta hisoblanadi.
Mavzuga oid
17:24 / 21.05.2026
Dubayga olib ketilayotgan qariyb 2 kg oltin to‘xtatib qolindi
17:00 / 05.05.2026
Toshkentda ommaviy yugurish tadbiri: New Uzbekistan Annual Run–2026 marafoni bo‘lib o‘tdi
14:13 / 04.05.2026
Dubayda ko‘chmas mulk orqali yashash uchun ruxsatnoma olishdagi minimal investitsiya miqdori bekor qilindi
19:38 / 02.05.2026