Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Harbiy xizmatchilar og‘ir bemorlar uchun donorlik qoni topshirishmoqda
Bugun, 10 aprel kuni Markaziy harbiy okrug harbiy xizmatchilari karantin vaqtida potensial donorlar soni keskin kamayib ketganligi sababli ko‘ngilli ravishda qon topshirishdi.
Foto: Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati
Mamlakatimizda koronavirus infeksiyasi tarqalishining oldini olish maqsadida korxona va tashkilotlar faoliyati hamda fuqarolarning harakatlanishi vaqtincha cheklanib, qon mahsulotlari zaxirasi ham kamaydi. O‘tgan vaqt ichida onkogematologik va davolash qiyin bo‘lgan kasalliklarga chalingan bemorlar uchun donorlar yordamiga muhtojlik sezila boshladi.
Markaziy harbiy okrug qo‘mondonligi bilan kelishgan holda hududiy qon quyish markazlari mutaxassislari tomonidan Samarqand, Jizzax hamda Navoiy garnizonlarida xizmatni o‘tayotgan ko‘ngilli harbiy xizmatchilardan donorlik qoni olishlari yo‘lga qo‘yilib, buning uchun yetarlicha shart-sharoit yaratildi, deb xabar bermoqda harbiy jurnalist, kapitan G‘ayrat Madrahimov.
"Ezgulik albatta, qaytadi" shiori ostida o‘tkazilgan tadbirda donorlik qoni topshirgan harbiy xizmatchilar tibbiyot punktining o‘zida oqsil moddalarga boy mahsulotlardan tanovul qilishdi. Ular bir sutkaga dam olishga yuborildi hamda 3 kunga jismoniy mashqlardan ozod qilindi.
Ma'lumot o‘rnida, viloyat qon quyish ko‘chma stansiyasining kunlik quvvati 150 nafar donordan qon olishga mo‘ljallangan.







Mavzuga oid
18:37 / 21.09.2025
COVID-19 pandemiyasi boshlanishini yoritgan xitoylik jurnalist 4 yilga qamaldi
15:47 / 06.08.2025
AQSh Sog‘liqni saqlash vazirligi mRNK-vaksinalari uchun mablag‘ni qaytarib oldi
21:02 / 24.07.2025
Olimlar COVID-19 pandemiyasi odamlarning miyasini qaritganini aniqladi
17:18 / 05.07.2025