Jahon | 14:03 / 11.04.2020
19824
1 daqiqa o‘qiladi

Qozog‘istonda favqulodda holat tartibi uzaytiriladi

Qozog‘istondagi favqulodda holat tartibi aprel oyi oxirigacha uzaytiriladi. 

Foto: Turar Kazangapov

Xabar qilinishicha, Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev rahbarligida favqulodda holat bo‘yicha davlat komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tgan. Videoaloqa ko‘rinishida bo‘lib o‘tgan majlisda koronavirus tarqalishiga qarshi kurash doirasida favqulodda holat tartibini aprel oyi oxirigacha uzaytirishga qaror qilingan. Bu haqda Tengrinews.kz mamlakat prezidenti matbuot kotibi Berik Uali xabariga tayangan holda yozmoqda.

“15 aprel kuni favqulodda holat to‘g‘risidagi farmonim o‘z kuchini yo‘qotadi. Hozirdanoq, ushbu holatni kamida aprel oyi oxirigacha uzaytirish zarurligi tushunarli. Biz koronavirus bilan kasallanish cho‘qqisidan o‘tganimiz yo‘q”, - degan davlat rahbari. 

To‘qayev 16 martdan 15 aprelga qadar respublikada favqulodda holat e'lon qilish farmonini imzolagan edi. 

Толиб Раҳматов
Tayyorlagan Толиб Раҳматов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid