Jahon | 22:12 / 12.04.2020
8312
1 daqiqa o‘qiladi

Ispaniyada koronavirusdan o‘lim holatlari yana o‘sdi

Mamlakat koronavirus yuqtirganlar soni bo‘yicha dunyoda ikkinchi o‘rinda turibdi.

Foto: BRENDAN MCDERMID / REUTERS

Ispaniyada sutka davomida koronavirusga chalingan 619 bemor vafot etdi. Bu haqda El Pais nashri xabar berdi.

Qayd etilishicha, o‘limlar soni o‘sishi kuzatilgan – avvalgi sutkada 510 nafar bemor vafot etgandi.

Mamlakatda koronavirusdan o‘lim holatlari qariyb 17 mingga yetdi.

Kasallikka chalinish holatlari esa 161,8 mingdan 166 mingga yetgan, 60 mingdan ortiq kishi tuzalgan.

Ispaniya hozirda koronavirus yuqtirganlar soni bo‘yicha dunyoda ikkinchi o‘rinda turibdi.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid