O‘zbekiston | 21:37 / 13.04.2020
32388
1 daqiqa o‘qiladi

Chirchiq shahridagi maxsus karantin zonasida bo‘lib turgan ayol farzandli bo‘ldi 

Hozirda ona va bolaning sog‘lig‘i yaxshi, vaziyat malakali shifokorlar nazoratida.

Chirchiq shahridagi maxsus karantin zonasida bo‘lib turgan Sevara Do‘styorova farzandli bo‘ldi. Bu haqda Chirchiq shahar hokimligi axborot xizmati xabar berdi.  


 
“2002 yilda tug‘ilgan Sevara Do‘styorova 27 mart kuni Qozog‘iston Respublikasidan avtobus orqali oila a'zolari bilan kelganligi sababli karantinga olingan edi. 

Homiladorligi tufayli 12 aprel kuni soat 22:00 lar atrofida tez yordam mashinasida Toshkent viloyati Perinatal markaziga joylashtirilgan. Ertasiga soat 10:00 lar atrofida o‘g‘il farzandni dunyoga keltirgan”, deyiladi xabarda. 

Ma'lum qilinishicha, hozirda ona va bolaning sog‘lig‘i yaxshi, vaziyat malakali shifokorlar nazoratida.

Mavzuga oid