Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Erdo‘g‘an ichki ishlar vazirining iste'fosini qabul qilmadi
Avvalroq Sulaymon So‘ylu mamlakatda 48 soatlik komendantlik soati muvaffaqiyatsizlikka uchraganidan so‘ng Twitter orqali iste'foga chiqishini e'lon qilgan va mamlakat rahbariyati hamda xalqdan kechirim so‘ragandi.
Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an ichki ishlar vaziri Sulaymon So‘yluning iste'foga chiqish to‘g‘risidagi arizasini qabul qilmadi. Bu haqda Turkiya rahbari ma'muriyatining kommyunikesida ma'lum qilindi.
"Vazirimiz prezidentga iste'foga chiqishni so‘rab murojaat qildi. Prezident bu so‘rovni nomuvofiq deb topdi. Vazirning iste'fosi qabul qilinmadi, u o‘z vazifasini bajarishda davom etadi", deyiladi kommyunikeda.
Avvalroq So‘ylu mamlakatda 48 soatlik komendantlik soati muvaffaqiyatsizlikka uchraganidan so‘ng Twitter orqali iste'foga chiqishini e'lon qilgan va mamlakat rahbariyati hamda xalqdan kechirim so‘ragandi.
10 aprel kuni mahalliy vaqt bilan soat 23:00 da Turkiya ichki ishlar vazirligi koronavirus tarqalishiga qarshi kurashish doirasida mamlakatda aholining 48 soat davomida uylaridan chiqishi taqiqlanishini e'lon qilgandi. Shundan so‘ng ijtimoiy tarmoqlarda do‘konlar oldida to‘plangan olomon tasvirlangan roliklar paydo bo‘ldi – odamlar komendantlik soati joriy etilishi e'lon qilinganidan so‘ng oziq-ovqat mahsulotlari sotib olish uchun ko‘chaga chiqishga majbur bo‘ldi. Bu qaror bosh muxolifatchi bo‘lgan Xalq respublika partiyasi tomonidan keskin tanqidga uchradi.
50 yoshli So‘ylu 2016 yil avgustdan buyon ichki ishlar vaziri lavozimida faoliyat ko‘rsatmoqda. U 2015 yildan 2016 yil avgustgacha mehnat va ijtimoiy ta'minot vaziri bo‘lgan.
Mavzuga oid
22:23 / 08.06.2026
Harbiy tibbiyot sohasida Turkiya bilan hamkorlik rivojlantiriladi
13:14 / 07.06.2026
Olti yildan buyon qidiruvda bo‘lgan o‘zbekistonlik ayol Turkiyada ushlandi
16:20 / 26.05.2026
O‘lim to‘shagida ochilgan sir: turk tadbirkorining Shveytsariya bankiga qarshi moliyaviy urushi
13:52 / 26.05.2026