Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
DYHXX: Tez tibbiy yordam mashinasi «Epika» bilan to‘qnashdi (video)
Foto: Ijtimoiy tarmoqlar
IIV DYHXX tez tibbiy yordam mashinasi ishtirokida Toshkentda sodir bo‘lgan YTH yuzasidan ma'lumot berdi va holat aks etgan videoni taqdim etdi.
“Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, joriy yilning 14 aprel kuni soat 12:40 lar atrofida Toshkent shahar, Olmazor tumani Nurafshon-Chig‘atoy ko‘chalari kesishmasida chaqiruv bo‘yicha mayoqchalari yoqilgan holatda svetoforning qizil chirog‘ida haydovchi G.I. “Ford” rusumli tez tibbiy yordam avtomashinasida harakatlanib chiqqan vaqtida yashil chiroqda kesishmadan harakatlanib o‘tayotgan haydovchi N.S. boshqaruvidagi “Epika” rusumli transport vositasi bilan to‘qnashgan.



Natijada, “Epika” rusumli transport vositasi haydovchisi va yo‘lovchisi, “Ford” rusumli tez tibbiy yordam avtomashinasi haydovchisi va ikki nafar yo‘lovchisi tan jarohati bilan shifoxonaga olib ketilgan. Mazkur to‘qnashuv yuzasidan hozirgi vaqtda surishtiruv ishlari olib borilmoqda” – deyiladi DYHXX xabarida.
DYHXX – Tez tibbiy yordam mashinasi “Epika” bilan to‘qnashdi (video) 👉 https://kun.uz/71740333
Posted by Kun.uz on Tuesday, April 14, 2020
Mavzuga oid
11:08 / 04.03.2026
Yo‘l bezoriligini targ‘ib qiluvchi akkauntlar bloklanadi - Rustam Jo‘rayev
09:20 / 04.03.2026
Qatarda 11 yoshli o‘zbekistonlik bola YTHda vafot etdi
10:06 / 01.03.2026
Toshkent viloyatida suvga oqizib yuborilgan jasad 80 kunda topildi
08:00 / 01.03.2026