Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
IIVda yangi lavozim tayinlovlari amalga oshirildi
Ichki ishlar vazirligi tizimida uchta yangi lavozim tayinlovi ro‘y berdi
Ichki ishlar vazirining shaxsiy tarkib bo‘yicha buyrug‘i bilan yangi lavozim tayinlovlari amalga oshirildi.
Ichki ishlar vazirligi xabariga ko‘ra, podpolkovnik Farhod Yo‘lchiyevich To‘ychiyev Jizzax viloyati Zomin tumani bo‘yicha IIO FMB boshlig‘i lavozimiga tayinlandi. Tayinlovga qadar F.To‘ychiyev Jizzax viloyati Zomin tumani IIB boshlig‘i lavozimida xizmat qilgan.
Mayor Xayriddin Sirojiddinovich Azizov Toshkent viloyati Yangiyo‘l shahar IIB boshlig‘i lavozimiga tayinlandi. Tayinlovga qadar X.Azizov Toshkent viloyati Toshkent tumani IIB boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari lavozimida xizmat qilgan.
Podpolkovnik Ravshan Erkinovich Sultonxo‘jayev Toshkent shahar IIBB Tashkiliy boshqarma boshlig‘i lavozimiga tayinlandi. Tayinlovga qadar R.Sultonxo‘jayev IIV Tezkor-qidiruv hamkorligi boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari lavozimida xizmat qilgan.
Bundan oldin, Sirdaryo viloyati IIB YHXB boshlig‘i Samarqand viloyatiga shu lavozimga o‘tkazilgani xabar berilgandi.
Mavzuga oid
15:23 / 13.04.2026
«Dejurniy jabrlanuvchilar» ishi. IIV holatni o‘rganmoqda
19:02 / 01.04.2026
“Texpasport”ning amal qilish muddati 2026 yil 1 apreldan keyin olingan guvohnomalarga taalluqli bo‘ladi
10:09 / 31.03.2026
Surxondaryoda pensionerlar ishtirokidagi narkoguruh fosh etildi
15:37 / 19.03.2026