Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
IIVda yangi lavozim tayinlovlari amalga oshirildi
Ichki ishlar vazirligi tizimida yangi lavozim tayinlovlari ro‘y berdi
Ichki ishlar vazirining shaxsiy tarkib bo‘yicha buyrug‘i bilan lavozim tayinlovlari amalga oshirildi.
IIV axborot xizmati xabariga ko‘ra, podpolkovnik Mirzoqul Mavlonqulovich Mamatmusayev vazir o‘rinbosarining boshqaruv apparati boshlig‘i lavozimiga tayinlandi. Tayinlovga qadar M.Mamatmusayev Surxondaryo viloyati IIB boshlig‘ining jamoat tartibini saqlash bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida xizmat qilgan.
Podpolkovnik Rustamjon Xolmirzayevich Do‘stmatov Namangan viloyati IIB boshlig‘ining jamoat tartibini saqlash bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. Tayinlovga qadar R.Do‘stmatov Toshkent viloyati IIBB boshlig‘ining jamoat tartibini saqlash bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida xizmat qilgan.
Polkovnik Zohid Kushatovich Mamadaliyev Samarqand viloyati IIB boshlig‘ining jamoat tartibini saqlash bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. Tayinlovga qadar Z.Mamadaliyev Namangan viloyati IIB boshlig‘ining jamoat tartibini saqlash bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida xizmat qilgan.
Podpolkovnik Faxriddin Umarovich Rahmatov Samarqand viloyati IIB boshlig‘ining o‘rinbosari -kadrlar boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi. Tayinlovga qadar F.Rahmatov Qashqadaryo viloyati IIB boshlig‘ining o‘rinbosari - kadrlar boshqarmasi boshlig‘i lavozimida xizmat qilgan.
Mavzuga oid
11:33 / 29.11.2025
IIV Qo‘riqlash departamenti rahbari tayinlandi
11:30 / 29.11.2025
Qo‘riqlash xizmati Milliy gvardiyadan IIVga o‘tkazildi
08:51 / 11.11.2025
"Proyekt": RFda yuqori darajadagi davlat xizmatchilarining 76 foizi hokimiyatda qarindoshlarga ega
18:02 / 03.11.2025