Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ispaniyada koronavirusdan o‘lim holatlari yana oshdi
Kasallikka chalinish holatlari soni ham 2,9 foizga oshib 182,8 mingtaga yetdi, 75 ming kishi sog‘aydi.
Ispaniyada sutka davomida koronavirusga chalingan 551 kishi vafot etdi, mamlakatda epidemiya qurbonlari soni 19 130 kishiga yetdi, deb xabar berdi El Pais gazetasi.
Bir kun avval 523 kishi vafot etgani xabar qilingandi.
Kasallikka chalinish holatlari soni ham 2,9 foizga oshib 182,8 mingtaga yetdi, 75 ming kishi sog‘aydi.
Gazetaning qayd etishicha, bugungi o‘sishga qaramasdan, Ispaniyada o‘limlar soni kamayib borayotgani kuzatilmoqda. Seshanba kuni 567, dushanba kuni 517 va yakshanba kuni 619 ta o‘lim yuz bergani haqida xabar qilingandi. 2 aprel kuni eng ko‘p – 950 kishi vafot etgandi.
Ispaniya kasallikka chalinganlar soni bo‘yicha AQShdan keyin ikkinchi o‘rinda, o‘limlar soni bo‘yicha esa Italiya va AQShdan keyin uchinchi o‘rinda turibdi.
Mavzuga oid
09:01 / 25.05.2026
Ispaniyada uy-joy inqirozi: ijarachilar ko‘chalarga chiqdi
00:04 / 20.05.2026
Ispaniyada Mango do‘konlari asoschisining o‘g‘li otasini o‘ldirishda gumon qilinib ushlandi
08:04 / 13.05.2026
Inqirozdan dunyo brendiga: Bilbao shahrining qayta tug‘ilishi
21:51 / 11.05.2026