Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonga 15 nafar xitoylik shifokor va tibbiyot mutaxassisi kelyapti
15 nafar xitoylik shifokor va tibbiyot mutaxassislaridan iborat guruh koronavirus bilan kurashda o‘zbek xalqiga yordam beradi
Foto: Videodan kadr
Bugun, 17 aprel kuni xitoylik mutaxassislar guruhi O‘zbekistonga yo‘l oldi. Bu haqda Xitoyning O‘zbekistondagi elchixonasi xabar berdi.
Qayd etilishicha, 15 nafar xitoylik shifokor va tibbiyot mutaxassislaridan iborat guruh COVID-19 koronavirusi bilan kurashda o‘zbek xalqiga yordam beradi.
O‘zbekistonga 15 nafar xitoylik shifokor va tibbiyot mutaxassisi kelyaptiO‘zbekistonga 15 nafar xitoylik shifokor va tibbiyot mutaxassisi kelyapti 👉 https://kun.uz/83111433
Posted by Kun.uz on Friday, April 17, 2020
Avvalroq, Vazirlar mahkamasi huzuridagi Sanitariya-epidemiologiya nazorati davlat inspeksiyasi boshlig‘i Nurmat Otabekov xitoylik shifokorlarning O‘zbekistonga kelishi haqida gapirgandi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, bu masalaga bevosita prezident e'tibor qaratgan. Bosh vazir muzokaralar olib borgan.
“Maxsus samolyotda xitoylik mutaxassislar olib kelinib, davolanish usullarini ko‘rib chiqish, bamaslahat keyingi choralar rejasini tuzish mo‘ljallangan”, - degandi Nurmat Otabekov Kun.uz’ga bergan intervyusida.
Eslatib o‘tamiz, 2020 yil 17 aprel soat 10:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 1380 nafarni tashkil qilmoqda.
Mavzuga oid
13:38 / 19.01.2026
Xitoy iqtisodiyoti 2025 yilda 5 foizga o‘sdi
23:16 / 17.01.2026
Venesuela ustidan nazorat Trampni “neft qiroli”ga aylantira oladimi?
11:24 / 17.01.2026
Kanada Xitoy elektromobillariga bojlarni keskin pasaytiradi
13:52 / 15.01.2026