Jamiyat | 14:55 / 17.04.2020
4072
4 daqiqa o‘qiladi

Prezident Xalq qabulxonalari el birdamligi va hamjihatligiga xizmat qilmoqda

Koronavirus pandemiyasi salbiy ta'sirini yumshatish borasida boshlangan xayrli ishlar bugun Prezident Xalq qabulxonalari ish faoliyatining asosiga aylanib ulgurdi. Karantin e'lon qilingan ayni kunlarda Prezidentning Farg‘ona viloyati Xalq qabulxonasiga kelib tushayotgan murojaatlar ham endilikda onlayn tartibda qabul qilinib, har bir murojaat o‘ta qisqa fursatlarda o‘rganib, tahlil qilinmoqda va zudlik bilan yechimi topilmoqda.

Misol tarzida Bag‘dod tumanini olaylik. O‘tgan bir hafta davomida Prezident Xalq qabulxonasi boshchiligida tuman bo‘yicha 700 dan ziyod ehtiyojmand oilalarga ijtimoiy ko‘mak paketlari – oziq-ovqat mahsulotlari to‘plami markazlashgan holda yetkazib berildi. Hozirda esa yana 1300 ta oilaga shunday ko‘mak mahsulotlari tayyorlanyapti. Yaqin kunlarda ular ham o‘z egalariga yetkaziladi.

Shunday beg‘araz ko‘mak “Namuna” MFY o‘ramida istiqomat qiluvchi Rahmonovlar oilasiga ham olib borildi. Oilada to‘rt jon istiqomat qiladi. Oila boshlig‘i mavsumiy ishlar bilan band bo‘lgan. Rafiqasi bola tarbiyasi bilan band. Ayni kunlarda joriy etilgan tartib bo‘yicha uyida qolayotgan bu insonlarga go‘sht, makaron, un, yog‘, sabzavot mahsulotlari ikki haftadan ko‘proq vaqtga yetadigan miqdorda olib kirib berildi.

Furqat tumani aholisi murojaatlari bilan ishlab kelayotgan Prezident Xalq qabulxonasida ham kelib tushayotgan murojaatlar mazmun-mohiyati ko‘pchilik hollarda karantin e'lon qilingan kunlarda aholini o‘yga solayotgan masalalar bilan bog‘lik. Dehqon bozorlaridagi narx-navolar, pensiya va nafaqalar to‘lovi, dezinfeksiyalash jarayonlaridan boshlab qishloqlarda vujudga kelayotgan muammolar kelib tushmoqda va ularning yechimini topish choralari zudlik bilan ko‘rilmoqda.

Misol uchun, “Farg‘ona suvta'minot” MChJ Furqat tumani bo‘limi  xodimlari aholi tomonidan Xalq qabulxonasiga kelib tushgan toza ichimlik suvini yetkazib berish bo‘yicha murojaatlarni kondirish, joylarda yuzaga kelgan avariya holatlarini bartaraf etish ishlari bilan band. Umuman, nafakat toza ichimlik suvi ta'minoti, kommunal tarmoqqa daxldor bo‘lib, Prezident Xalq qabulxonasiga kelib tushayotgan barcha masalalar zudlik bilan hal etilishiga e'tibor susaymagan.

Furqat tumanida Prezident Xalq qabulxonasi tomonidan dehqon bozorlaridagi narx-navolar mo‘'tadilligini saqlash, ayniqsa, narxlarning sun'iy o‘sib ketishidek noxush hollarga yo‘l qo‘ymaslik masalasiga e'tibor kuchaytirilgan. Bundan tashqari, dehqon bozorlariga yetkazuvchi yo‘llar karantin talablariga ko‘ra dezinfeksiyalanmokda, bozorlarga kirishda sanitar-shifokorlar faoliyati tashkil etildi, bozor hududlari muntazam  zararsizlantirilmokda. Mahsulotlar sifati ta'minlanishi barobarida  narx-navolar barqarorligi saqlanmokda.

Shunday sinovli kunlarda Prezident Xalq qabulxonasi farg‘onaliklarni birdamlikda va hamjixatlikda ish tutib, yon-atrofdagilarni ko‘llab-quvvatlash, avvalambor, insoniy mehr-oqibat rishtalarini mustahkamlashga ertayu kech xizmat qilmoqda.  

Mavzuga oid