Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
MIB: ota farzandi uchun 110 mln so‘m aliment to‘lab berdi
Ota o‘z xohishiga ko‘ra, aliment pullarini farzandi 18 yoshga to‘lguniga qadar to‘liq to‘lash tashabbusi bilan chiqdi.
Foto: KUN.UZ
Fuqarolik ishlari bo‘yicha Mirzo Ulug‘bek tumanlararo sudining buyrug‘iga asosan, qarzdor I.E.dan undiruvchi M.S. foydasiga voyaga yetmagan bir nafar farzandining ta'minoti uchun to u voyaga yetguniga qadar oylik ish haqi va boshqa daromadlaridan har oyda 1/4 qism miqdorida aliment undirish belgilangan.
Byuroning Mirzo Ulug‘bek tuman bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Oila Kodeksining 130-moddasiga hamda 06.10.2018 yildagi Vazirlar Mahkamasining 808-sonli qarori ijrosi yuzasidan qarzdor bilan profilaktik suhbat o‘tkazilganda alimentchi ota o‘z xohishiga ko‘ra, aliment pullarini farzandi 18 yoshga to‘lguniga qadar to‘liq to‘lash tashabbusi bilan chiqdi.
Joriy yilning 16 aprel kuni "alimentchi ota" farzandi 18 yoshga to‘lguniga qadar jami 110 mln. 635 ming so‘m aliment pullarini to‘liq to‘lab berdi.
Mavzuga oid
09:45 / 12.12.2025
Ijtimoiy tarmoqlarda MIB nomidan kelayotgan xabarlar feyk ekani aytildi
13:08 / 09.12.2025
Otasini ta’minlashdan bo‘yin tovlagan o‘g‘il 15 sutkaga qamaldi
10:06 / 27.11.2025
Aliment to‘lovchilar sug‘urta polisi orqali chet elga chiqishi mumkin bo‘ladi
14:24 / 17.11.2025