Jahon | 08:11 / 19.04.2020
14671
1 daqiqa o‘qiladi

OAV: AQSh davlat va xususiy qarzi rekord ko‘rsatkichga yetadi

2020 yilda AQSh federal budjeti xarajatlari 4 trln dollardan oshib ketadi. 

Foto: Mark Wilson / Getty Images

AQSh davlat qarzi hamda Amerika korporatsiyalari qarzi yangi koronavirus tarqalishi ortidan keskin ortadi. Tahlilchilar fikriga ko‘ra, joriy yilda bu raqam rekord darajaga chiqadi. Bu esa, pandemiyadan so‘nggi davrda iqtisodiyot uchun xatarlarni paydo qiladi. The Washington Post gazetasi shunday xulosalarni e'lon qilmoqda.

Nashrning yozishicha, 2020 yilda federal budjet xarajatlari daromadlardan 4 trln dollarga ortib ketadi. Bunday raqamlar 1945 yildan buyon kuzatilmagan. 

Xususiy sektordagi vaziyat ham xuddi shunday ahvolda. So‘nggi yillarda shundog‘am kreditlarga ishonib qolgan ko‘plab yirik korporatsiyalar inqiroz davrida qarzlari miqdorini yanada oshirmoqda. Ekspertlar fikricha, ayni vaqtda, bu kompaniyalar kreditlarni to‘lamaslik va xodimlarini qisqartirishdan birini tanlashi kerak bo‘ladi. Shunga qaramay, nashrning qayd etishicha, AQShdagi ishsizlik darajasi Buyuk turg‘unlik davridan buyon kuzatilmagan raqamlarga yetgan. 

Толиб Раҳматов
Tayyorlagan Толиб Раҳматов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid