Jahon | 00:50 / 21.04.2020
10911
1 daqiqa o‘qiladi

Turkiyada koronavirusga chalinganlar soni 90 mingdan oshdi

Avvalroq Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an mamlakatning 31ta viloyatida komendantlik soati joriy etilishini e'lon qilgandi.

Foto: AFP

Turkiyada bir sutka davomida koronavirusga chalinish bilan bog‘liq 4,6 mingdan ortiq holat qayd etildi va koronavirus yuqtirganlar soni 90 mingdan oshdi. Bu haqda mamlakat sog‘liqni saqlash vaziri Faxritdin Koja ma'lum qildi.

"Bugun 4674ta yangi holat qayd etildi, kasallikka chalinganlar soni – 90 980. Bugun 123 bemor vafot etdi, jami vafot etganlar soni - 2140. 13 430 nafar bemor sog‘aydi", - deb yozdi u Twitter sahifasida.

Avvalroq Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an mamlakatning 31ta viloyatida komendantlik soati joriy etilishini e'lon qilgandi.

"23 aprel soat 00.00dan 31ta viloyatda to‘rt kunga komendantlik soati joriy etiladi", - dedi Erdo‘g‘an millatga murojaatida.

 

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid