Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Karantinda oilaviy kelishmovchiliklar ortib boryapti degan fikr noto‘g‘ri - vazirlik
Karantin davrida oilaviy kelishmovchiliklar ortib boryapti, degan nuqtai nazar noto‘g‘ri. Aksincha, ushbu sinovli kunlar oilalar, mahallalarda mehr-oqibatni qaytardi, hamjihatlik, o‘zaro daxldorlik hissi ortdi, deydi Saodat Boymirzayeva.
Foto: KUN.UZ
Bugun, 25 aprel kuni AOKA shtabida bo‘lgan brifingda Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi matbuot kotibi Saodat Boymirzayeva ajralishlar holatiga oid statistik ma'lumotlarni berdi.
“Yil boshidan 7 857 oilaviy ajralishlar ro‘yxatga olindi. 2020 yilda jami 49 811 ta nikoh va 7 857 ta ajralish qayd etilgan. Qayd etilgan nikohga nisbati (koeffitsiyenti) – 15,8 foiz. 2019 yilning mos davriga (8 019 ta) nisbatan 162 taga kamaygan.
Eng salbiy ko‘rsatkichlar Toshkent shahri (31,1 foiz), Sirdaryo (25,6 foiz), Navoiy (22,7 foiz), Andijon (21,2 foiz) va Toshkent (20,2 foiz) viloyatlariga to‘g‘ri kelmoqda. Ajrimlar sababi: oilaviy kelishmovchilik (50,5 foiz), farzandsizlik (16,3 foiz), uzoq vaqt birga oila bo‘lib yashamaslik (10 foiz), migratsiya (2,8 foiz), xiyonat (3,4 foiz), boshqa sabablar (17,0 foiz)”, - dedi Saodat Boymirzayeva.
Matbuot kotibi karantin davrida oilaviy kelishmovchiliklar ortib boryapti degan fikr noto‘g‘ri ekanini ta'kidladi.
“Karantin davrida oilaviy kelishmovchiliklar ortib boryapti, degan nuqtayi nazar noto‘g‘ri. Aksincha, ushbu sinovli kunlar oilalar, mahallalarda mehr-oqibatni qaytardi, hamjihatlik, o‘zaro daxldorlik hissi ortdi.
Qolaversa, biz o‘zbek xalqida og‘ir kunlarda bir birini suyash, kechirish fazilati ustuvor. Qancha oilalar bizning janjalimiz uyimizdan, yurtimizdan barakani qochirmasin, og‘ir kunlarni uzaytirmasin deb yarashib ketayotganiga o‘zimiz guvohmiz.
Qanday vaziyat va holat bo‘lmasin, Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi oilalarda ijtimoiy-ma'naviy muhitni barqarorlashtirish, oilaviy ajrimlarning oldini olishga qaratilgan ishlarni hech qachon e'tibordan chetda qoldirmaydi”, - dedi Boymirzayeva.
Mavzuga oid
21:33 / 13.02.2026
Kremlda Putin bilan uchrashuv oldidan amaldorlar uchun karantin bekor qilindi – OAV
11:26 / 09.02.2026
Toshkentda bog‘chalardagi “karantin” haqidagi xabarlar rad etildi
21:31 / 30.01.2026
JSST Nipah virusi xavfini past baholadi va cheklov qo‘yishni tavsiya qilmadi
20:53 / 25.01.2026