Jahon | 20:25 / 26.04.2020
12675
1 daqiqa o‘qiladi

Rossiya 1 iyulgacha g‘alla eksport qilishni to‘xtatadi

31 mart kuni hukumat qarori bilan Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqiga a'zo bo‘lmagan mamlakatlarga don mahsulotlari eksport qilishga 1 apreldan 30 iyungacha 7 million tonna miqdorida kvota o‘rnatilgan. 

Foto: TASS

Rossiya 2020 yilning 1 iyuligacha g‘alla eksport qilishni to‘xtatadi. Bu haqda mamlakat qishloq xo‘jaligi vazirligi ma'lum qildi.

Vazirlikning eslatishicha, 31 mart kuni hukumat qarori bilan Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqiga a'zo bo‘lmagan mamlakatlarga don mahsulotlari eksport qilishga 1 apreldan 30 iyungacha 7 million tonna miqdorida kvota o‘rnatilgan. 

Hukumatning ma'lum qilishicha, ushbu kvota muddatidan oldin tugab bo‘ldi.

"Cheklov chorasi don mahsulotlari narxini barqarorlashtirish va mamlakatning don va don mahsulotlariga bo‘lgan ichki talabini qondirish imkonini beradi", - deyiladi vazirlik bayonotida.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid