Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
BMT pandemiyadan keyin “avvalgidek” bo‘lishini kutmaslikka chaqirdi
BMT barcha davlatlar hukumatlarini pandemiyadan keyin yangi iqtisodiyot yaratish va ish o‘rinlarini ko‘paytirish bo‘yicha tezkor choralar ko‘rishga chaqirdi.
Bu haqda BMTning 27 aprelda e'lon qilingan “COVID-19’ga zudlik bilan ijtimoiy-iqtisodiy javob berishning yo‘l xaritasi” deb nomlangan ma'ruzasida aytilgan.
“Avvalgidek normal sharoitlarga qaytilmaydi, hukumatlar yangi iqtisodiyot va ko‘proq ish o‘rni yaratish uchun harakat qilmoqlari lozim”, deyilgan hujjatda.
Avvalroq BMT bosh kotibi Antoniu Guterrish koronavirus pandemiyasi bilan bog‘liq asosiy ijtimoiy-iqtisodiy xavflar tahlili keltirilgan ma'ruzani taqdim qilgan. “BMT faoliyatining eng muhim jihatlaridan biri Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti rahnamoligida sog‘liq uchun tahdidlarga javob berilgandan keyin hayotlarni saqlab qolish, odamlarni himoya qilish, jamiyat uchun eng yaxshi sharoitlarni yaratish hisoblanadi”, deyilgan ma'ruzada.
BMTda “javob harakatlarining uchta asosi” keltirildi. Birinchisi – BMT jamg‘armasi va Shveytsariya xayriya jamg‘armasi nazoratida odamlar salomatligi uchun tahdidni bartaraf etish uchun virusga qarshi kurash bo‘yicha Birdamlik jamg‘armasi (Solidarity Response Fund, mart oyida koronavirusga qarshi kurashni moliyalashtirish uchun JSST tashabbusi bilan tashkil etilgan) faoliyati. Ikkinchisi – BMTning pandemiyaga global gumanitar javob bo‘yicha rejasini amalga oshirish. Va nihoyat, uchinchisi – BMTning ijtimoiy-iqtisodiy tiklanish bo‘yicha rejasini bajarish.
Mavzuga oid
17:46
Samarqand tumanlari qishloq xo‘jaligi, to‘qimachilik va qayta ishlash sanoatiga ixtisoslashgan hudud sifatida rivojlantiriladi
08:45 / 09.06.2026
Ukraina Rossiyani BMTdan chiqish haqida o‘ylab ko‘rishga chaqirdi
08:15 / 08.06.2026
BMT kuchli El-Nino haqida ogohlantirdi
08:10 / 06.06.2026