Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Koronavirus infeksiyasi karantin zonasidan tashqarida ham aniqlanayotgani aytildi
Ushbu kasallik aholi orasida ham uchrab turgani aytildi. Shuning uchun karantin qoidalariga qat'iy rioya qilish so‘ralgan.
Foto: KUN.UZ
AOKA shtabida Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Koronavirusga qarshi kurash shtabi a'zosi Habibulla Oqilov ishtirokida brifing bo‘lib o‘tdi.
Brifingda muhim savol va murojaatlar yuzasidan javob qaytarildi. Xususan, koronavirus infeksiyasi karantin zonasidan tashqarida, ya'ni oddiy aholi o‘rtasida ham aniqlanayotgani haqida savol berildi.
“Ha, afsuski, ushbu kasallik aholi orasida ham oz bo‘lsa-da, uchrab turibdi. Ammo ular ham kasallikka chalinganlar bilan muloqotda bo‘lgan yoki kasallikka chalinganlar bilan muloqotda bo‘lganlar bilan muloqotda bo‘lgan.
Shuning uchun karantin qoidalariga qat'iy rioya qilishingizni so‘raymiz”, - dedi Habibulla Oqilov.
Bundan oldin, SSV koronavirusda ibuprofen qabul qilish tavsiya etilmasligini tasdiqlagandi.
Mavzuga oid
21:31 / 30.01.2026
JSST Nipah virusi xavfini past baholadi va cheklov qo‘yishni tavsiya qilmadi
20:53 / 25.01.2026
Koreyaga kirishda karantin talablari kuchaytirildi
12:32 / 02.10.2025
Ayrim chegara punktlari karantin ostidagi mahsulotlarni olib kirishga ixtisoslashtiriladi
18:37 / 21.09.2025