Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston Afg‘onistonga tezyurar yuk poyezdlari qatnovini yo‘lga qo‘ydi
Endilikda yuklar Toshkentdan “Hayraton” stansiyasiga 2 kun ichida tezyurar yuk poyezdlarida yetkazib berilmoqda.
Foto: O‘zbekiston temir yo‘llari
"O‘zbekiston temir yo‘llari" AJ Afg‘onistonning “Hayraton” stansiyasiga tezyurar yuk poyezdlarining muntazam qatnovini yo‘lga qo‘ydi.
Transport vazirligi xabariga ko‘ra, ushbu yuk poyezdining bir qismi poytaxtda shakllantiriladi va yo‘nalish bo‘ylab, hududlarda ham shakllangan eksport yuki ortilgan vagonlar mazkur poyezdga biriktiriladi.
“Avvallari Toshkentdan Afg‘onistonga jo‘natilgan vagon 5-6 kun ichida yetkazib berilgan bo‘lsa, endilikda yuklar Toshkentdan “Hayraton” stansiyasiga 2 kun ichida tezyurar yuk poyezdlarida yetkazib berilmoqda”, - deyiladi ma'lumotda.
Bildirilishicha, mazkur poyezd haftasiga 3 marotaba qatnaydi.
Mavzuga oid
18:25 / 25.05.2026
Qurbon hayiti munosabati bilan Afg‘onistonga insonparvarlik yordami jo‘natildi
21:29 / 21.05.2026
Yevropa “Tolibon”dan nima xohlayapti?
14:30 / 17.05.2026
Afg‘onistondan olib kelingan qariyb 600 kg narkotik modda to‘xtatib qolindi
18:32 / 15.05.2026