O‘zbekiston | 10:31 / 29.04.2020
55480
3 daqiqa o‘qiladi

Yangi aeroport Toshkentdan janub tomonga 9 kilometr uzoqlikda joylashtiriladi

Toshkent shahrini 2041 yilgacha rivojlantirish bosh reja loyihasini ishlab chiqishga oid chora-tadbirlar qabul qilinadi.

Prezidentning “Toshkent shahrini 2041 yilgacha rivojlantirish bosh reja loyihasini ishlab chiqishga oid chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori loyihasi muhokama uchun joylashtirildi.

Toshkent shahar hokimligi, «ToshkentboshplanLITI» DUK, «Kensel Yenileme Merkezi A.S.» (Turkiya) kompaniyasi ishtirokida Toshkent shahrini 2041 yilgacha rivojlantirish bo‘yicha bosh reja konsepsiyalari ishlab chiqilgan.

Toshkent shahrini 2041 yilgacha rivojlantirish bosh rejasini ishlab chiqish maqsadida, Toshkent shahar hokimligi tomonidan ishlab chiqilib, taklif qilingan konsepsiyalariga asoslangan hamda bazaviy ko‘rsatkichlarga aniqlik kiritish hisobiga Toshkent shahrini 2041 yilgacha rivojlantirish Bosh rejasi konsepsiyasining asosiy qoidalari ma'qullanadi.

Bosh reja konsepsiyasining asosiy qoidalariga ko‘ra, uzoq istiqbolga, atrof-muhit va ekologiyani yaxshilash va xavfsizlikni ta'minlash bo‘yicha shahardan (shahar markazidan 24-25 km) janub tomonga 9 kilometr uzoqlikda yangi Toshkent aeroportini joylashtirish ko‘zda tutilmoqda.

Aeroportning hozirgi mavjud hududi (markazdan 5-6 kmda) istiqbolda qisman cheklovda foydalanish uchun saqlab qolinadi.

Shaxsiy avtomobil transportining miqdor jihatidan o‘sishida barcha jamoat transportlarining turlarini takomillashtirish muhim ahamiyatga ega bo‘ladi. Elektrobuslar kabi yangi ekologik transport turlarini joriy qilish, jamoat transporti uchun ajratilgan chiziqlarni yaratish, velosiped yo‘lakchalari tizimini yaratish mo‘ljallangan.

Magistral ko‘chalarning hisob-kitob muddatiga uzunligi 1502,2 km.ni, jumladan uzluksiz harakatlanish magistrali 353,6 km.ni tashkil etadi.

Shahar qurilishi doirasidagi ko‘cha magistral tarmog‘ining zichligi hisob-kitob muddatiga 2,2 km/kv. km.gacha ortadi.

Yirik transport muhandislik qurilmalarining soni hisob-kitob muddatiga 59ta qurilmaga yetadi.

Metropoliten tizimi tezyurar, ekologik va ko‘p yo‘lovchi sig‘imiga ega jamoat transporti sifatida yanada rivojlantiriladi, yangi qurilishga yer osti kabi bo‘lganidek yer usti liniyalarini qurish mo‘ljallangan.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid