Filippinda 16 kunlik chaqaloq koronavirusdan sog‘aydi
Filippin sog‘liqni saqlash vazirligi dunyoga kelganining 16-kunida koronavirusdan sog‘aygan chaqaloq haqida ma'lum qildi.
Bu haqda vazirlikning tvitterdagi sahifasida xabar qilingan.
OAV ma'lumotlariga ko‘ra, bolaning ota-onasi 5 kunlik farzandini yuqori harorat bilan Maniladagi shifoxonaga olib kelgan. Bir necha kundan keyin koronavirusga test bolada virus borligini ko‘rsatgan. Chaqaloq davolash boshlangandan 11 kun o‘tib sog‘ayib ketgan. U mamlakatda koronavirusdan forig‘ bo‘lgan eng yosh bemor bo‘lgan.
“16 kun avval tug‘ilib, koronavirusni yenggan eng yosh bemorni kutib oling. Bizning Milliy bolalar shifoxonasi xodimlari chaqaloqni 11 kun tinimsiz parvarishlashdi va uni tuzatishga muvaffaq bo‘lishdi”, deyilgan vazirlik xabarida.
Oxirgi ma'lumotlarga ko‘ra, Filippinda koronavirusga chalinganlar soni 8488 nafarni, undan vafot etganlar 568 nafarni tashkil qilmoqda.
Mavzuga oid
20:50 / 14.11.2024
Filippinga «Usagi» to‘foni yopirildi
22:16 / 11.11.2024
Filippinga «Toraji» to‘foni yopirildi
17:55 / 10.11.2024
Xitoy Filippinning dengiz zonalariga oid qonuniga javoban patrullikni kuchaytiradi
13:10 / 29.10.2024