FVV Sardoba suv omboridan suv chiqishi bo‘yicha qo‘shimcha ma'lumot berdi
Sardoba tumani Qo‘rg‘ontepa aholi yashash punktiga suv kirgan.
Favqulodda vaziyatlar vazirligi Sardoba suv omboridan suv chiqishi bo‘yicha birlamchi ma'lumot berdi.
Birlamchi ma'lumotlarga ko‘ra, 2020 yil 1 may kuni soat 05:55da Sirdaryo viloyatida joylashgan “Sardoba” suv ombori dambasining 6 piket devorida suv chiqishi yuzaga kelgan. Natijada, Sardoba tumani Qo‘rg‘ontepa aholi yashash punktiga suv kirgan.
“Mazkur vaziyat bo‘yicha zudlik bilan Sirdaryo viloyati favqulodda vaziyatlar boshqarmasi va Favqulodda vaziyatlarda ularning oldini olish va harakat qilish davlat quyi tizimiga kiruvchi tashkilotlar bilan hamkorlikda Qo‘rg‘ontepa aholisini “Birlik” mahallasiga vaqtincha evakuatsiya qilish ishlari olib borilmoqda.
Shuningdek, suv bosishi xavfi mavjud bo‘lgan aholi punktlarini xavfsiz hududlarga evakuatsiya qilish ishlari olib borilmoqda. Holat, Favqulodda vaziyatlar vazirligi tomonidan to‘liq nazoratga olingan.
Vaziyat yuzasidan qo‘shimcha ma'lumotlar berib boriladi”, - deyiladi vazirlik xabarida.
Mavzuga oid
23:37 / 06.05.2024
Sirdaryodagi maktabda o‘quvchilar klip tomosha qildi, sinf rahbaridan direktorgacha ishdan olindi
07:34 / 20.04.2024
Tadbirkorning 943 mln so‘mlik materiallarini o‘zlashtirgan sobiq menejer aniqlandi
18:57 / 21.03.2024
Qozog‘iston janubida yangi suv ombori qurilishi boshlandi
12:50 / 19.03.2024