O‘zbekiston | 08:54 / 01.05.2020
128901
1 daqiqa o‘qiladi

Sardoba suv omboriga yaqin hududdagi aholi evakuatsiya qilindi 

Sirdaryo viloyatidagi Sardoba suv omboriga yaqin hududdagi aholi evakuatsiya qilindi. Bu haqda Kun.uz’ning Favqulodda vaziyatlar vazirligidagi manbasi xabar bermoqda.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Bildirilishicha, Mirzaobod tumanidagi Sardoba suv omboridan suv sizib chiqishi ro‘y bergan. 

Manba xabariga ko‘ra, o‘z vaqtida ko‘rilgan tezkor chora-tadbirlar natijasida aholi o‘rtasida jabrlanganlar qayd etilmagan.

Ayni vaqtda yuz bergan hodisa bo‘yicha surishtiruv ishlari davom ettirilmoqda va yetkazilgan zarar ko‘lami aniqlanmoqda, aholi xavfsiz hududga ko‘chirilgan.

Voqea joyida hukumat komissiyasi ish olib bormoqda. 

Eslatib o‘tamiz, Sardoba suv ombori gidroinshootida 922 million kub metr suv to‘planadi. Bu Sirdaryo va Jizzax viloyatlaridagi unumdor yerlardan foydalanish, qishloq xo‘jaligi ekinlari hosildorligini oshirish imkonini beradi.

Mavzuga oid