Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Joriy yil ijodiy imtihonlar bir kun ichida topshiriladi - vazirlik
Abituriyentga ijodiy imtihon topshirishi uchun oliy o‘quv yurtiga faqat bir marta kelib-ketish talabi qo‘yiladi. Oldingi yillarda esa imtihon topshirish uchun bir necha marta kelib-ketish talab qilinar edi.
Bugun, 2 may kuni AOKAda o‘tkazilgan brifingda Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vaziri Inom Majidov joriy yil alohida iqtidor talab qiladigan yo‘nalishlar uchun imtihon qay tartibda o‘tishi haqida ma'lumot berdi.
«Alohida iqtidor talab qiladigan yo‘nalishlar uchun kirish imtihonlari ijodiy imtihonlar tarzida o‘tkaziladi. Ularning o‘tkazilishi tartibida o‘zgarishlar bo‘ladi.
Avvalo, abituriyentga ijodiy imtihon topshirishi uchun oliy o‘quv yurtiga faqat bir marta kelib-ketish talabi qo‘yiladi. Oldingi yillarda esa imtihon topshirish uchun bir necha marta kelib-ketish talab qilinar edi», - deya qayd etdi Inom Majidov.
Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirining ta'kidlashicha, ijodiy imtihon tarkibida nechta topshiriq bo‘lishidan qat'i nazar, abituriyentlar bir kunda hammasini topshirishi kerak bo‘ladi. Imtihon olish davomiyligi ham imkon darajasida qisqartiriladi. Lekin bu qo‘yiladigan talabga ta'sir etmagan holda bo‘ladi.
«Ayrim yo‘nalishlarda abituriyentlar ham ijodiy, ham test topshiriqlarini bajarishi kerak bo‘ladi. Alohida iqtidor talab qiladigan aksar yo‘nalishlarda esa faqat ijodiy imtihon topshiriladi. Lekin har ikkala holatda ham imtihonlarni o‘tkazish muddatiga hozircha o‘zgartirish kiritilgani yo‘q», - deya qo‘shimcha qildi Inom Majidov.
Mavzuga oid
10:09 / 24.04.2026
Universitetlar AI sabab imtihon tizimini o‘zgartirmoqda
23:33 / 17.04.2026
Maktablarda yakuniy davlat attestatsiya imtihonlari sanasi belgilandi
18:52 / 15.11.2025
"Umummilliy Konstitutsiya imtihoni" o‘tkaziladi
17:56 / 31.10.2025