Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Maktab rahbariyati karantin davrida sinflarni ta'mirlashni talab qilishi to‘g‘rimi?
Bugun, 2 may kuni AOKAda ta'lim sohasidagi so‘nggi yangiliklarga bag‘ishlangan brifing bo‘lib o‘tdi. Unda Xalq ta'limi vaziri Sherzod Shermatov fuqarolardan kelgan savollarga javob berdi.
Maktab rahbariyati karantin davrida sinflarni ta'mirlashni talab qildi, bu to‘g‘rimi?
“Savol kim berganiga bog‘liq. O‘qituvchilardan talab qilinayotgan bo‘lsa, albatta, bu noto‘g‘ri.
Lekin hozir karantin vaqtida qurilish ishlariga ruxsat berilgan. Maktabda o‘qituvchilar va o‘quvchilar yo‘q. Paytdan foydalangan holda qurilish va ta'mirlash ishlarini sanitariya-gigiyena qoidalariga rioya qilgan holda amalga oshirsa bo‘ladi”, - dedi Shermatov.
Maktabni oltin medalga bitirayotgan o‘quvchilarga imtiyozlar beriladimi?
“Yo‘q, Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 22 fevraldagi 154-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Umumiy o‘rta ta'lim muassasalari va akademik litseylarning iqtidorli bitiruvchilarini oltin va kumush medallar bilan taqdirlash tartibi to‘g‘risida nizomda oltin va kumush medallar bilan taqdirlangan o‘quvchilarga imtiyozlar berilishi ko‘zda tutilmagan. Qolaversa, Xalq ta'limi vazirligi oliy o‘quv yurtiga kirish uchun talabgor yoshlarga teng imkoniyatlar taqdim etish tarafdori.
Bundan ko‘zlangan maqsad o‘quvchilarni ta'lim olishga bo‘lgan qiziqishlarini yanada oshirish, ular o‘rtasida sog‘lom raqobatni shakllantirish, korrupsion holatlarni oldini olish va iqtidorli o‘quvchilar bilimini rag‘batlantirishdan iborat”, - dedi Shermatov.
Mavzuga oid
11:26 / 09.02.2026
Toshkentda bog‘chalardagi “karantin” haqidagi xabarlar rad etildi
21:31 / 30.01.2026
JSST Nipah virusi xavfini past baholadi va cheklov qo‘yishni tavsiya qilmadi
20:53 / 25.01.2026
Koreyaga kirishda karantin talablari kuchaytirildi
12:32 / 02.10.2025