Tojikistonda koronavirusdan ilk o‘lim holatlari tasdiqlandi
Tojikistonda koronavirus sabab ikki kishi halok bo‘ldi. Bu haqda «Toҷikiston» telekanali efirida e'lon qilindi.
Mamlakatda koronavirus yuqtirganlarning umumiy soni 76 nafarga yetgan. Sog‘liqni saqlash vazirligi dastlabki ikki o‘lim holati qayd etilganini tasdiqlagan. Mamlakat televideniyesida gigiyena qoidalariga rioya qilish va immunitetni ko‘tarishga chorlovchi roliklar namoyish etilmoqda.
Odamlarga uy sharoitida sport bilan ko‘proq shug‘ullanish va bu orqali immunitetni oshirish tavsiya qilinmoqda. Shuningdek, immunitetni oshirish uchun ko‘proq dukkakli mahsulotlar iste'mol qilish targ‘ib qilinmoqda. Tojikistonda jamoat joylarida niqob taqib yurish majburiy qilib qo‘yilgan. Odam ko‘p to‘planadigan joylar gigiyena vositalari bilan ta'minlangan.
Tojikistonda koronavirus aniqlangani haqida ilk marta 30 aprel kuni e'lon qilingandi. Birinchi kuni 15 kishida virus aniqlangan bo‘lsa, bugun ularning soni 76 nafarga yetdi. Uzoq vaqt koronavirussiz mamlakatlar qatorida e'tirof etilgan Tojikiston virus aniqlangan eng oxirgi davlat bo‘lib turibdi.
Mavzuga oid
18:54 / 28.09.2024
Rossiyada O‘zbekiston fuqarolariga pasport olishda noqonuniy yordam bergan jinoiy guruh ushlandi
22:34 / 11.09.2024
Tojikiston muftiysi hujumga uchradi
21:41 / 10.09.2024
Tojikiston o‘z fuqarolariga Rossiyaga safar qilmaslikni tavsiya etdi
20:00 / 02.09.2024