Jahon | 19:13 / 04.05.2020
3069
1 daqiqa o‘qiladi

General Electric 13 mingga yaqin xodimini bo‘shatadi

Amerikaning General Electric Co. (GE) konserni aviatsiya dvigatellari ishlab chiqarish bo‘linmasida 13 mingga yaqin xodimini qisqartiradi.

Foto: Reuters

GE xodimlariga yaqin oylarda aviatsiya bo‘linmasidagi shtatlarning 25 foizini qisqartirishi to‘g‘risida xabar qilgan.

52 mingga yaqin kishi mehnat qiladigan ushbu bo‘linmada Boeing Co. va Airbus SE uchun dvigatellar ishlab chiqariladi. Uning yirik xaridorlari pandemiya sababli parvozlar to‘xtatilgani bois ishlab chiqarishni qisqartirdi.

Kompaniya koronavirus pandemiyasining salbiy oqibatlarini kamaytirish uchun xarajatlarni qisqartirish bo‘yicha choralarni kengaytirmoqda.

Mart oyida ushbu bo‘linmaning AQShda ishlaydigan xodimlarining 10 foizi bo‘shatilishi rejalashtirilgani xabar qilingandi.

 

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid