Jamiyat | 22:27 / 04.05.2020
12837
1 daqiqa o‘qiladi

Uchqo‘rg‘on tumanida somondan qog‘oz ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi

Uchqo‘rg‘on tumanida tashkil etilgan “Uzbek China paper” korxonasida somondan qog‘oz ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi. Bu haqda Kun.uz’ga tuman hokimligi axborot xizmati xabar berdi.

Tumanning Istiqbol MFY hududidagi bo‘sh turgan obekt negizida tashkil etilgan korxonada yillik 1,5 ming tonna qog‘oz mahsulotlari ishlab chiqariladi. 

Umumiy qiymati 1,8 milliard so‘m bo‘lgan loyihani amalga oshirish uchun tadbirkorning 600 million so‘m o‘z mablag‘lari hamda 1,2 milliard so‘m bank krediti yo‘naltirildi.

2019 yilning oxirida ishga tushirilgan korxonada 10 dan ortiq yangi ish o‘rni yaratildi.

Mavzuga oid