Zakon.kz xabariga köra, ikki davlat huquqiy muhofaza qiliş idoralari xodimlarining qöşma operatsiyasi Uçqörğonda Özbekiston fuqarosining qölga olinişi bilan yakunlandi.
Qayd etilişiça, bu şaxs 12 yildan buyon qidiruvda bölgan – 2012 yilda Olmaota viloyatining Yenbekşiqozoq tumanida vaqtinça işlab yurib, pensionerlar uyiga kirib olgan va ularni öldirib, mol-mulkini talon-toroj qilgan.
Umuman olganda, 2024 yil boşidan buyon Qozoğiston politsiyaçilari qidiruvdagi 58 nafar jinoyatçini qölga oldi.
Ular orasida 2020 yilda Ostonada 144 ta aksiyadordan 4 milliard tenge yiğib, ğoyib bölgan MÇJlardan birining asosçisi ham bor. Avvalroq uning ikki şerigi qölga olingan edi.












