Joriy yilning 4 dekabr kuni Odam savdosi va majburiy mehnatga qarşi kuraş milliy komissiyasining navbatdagi yiğilişi bölib ötdi. Unda 2020 yilgi paxta mavsumida kuzatilgan majburiy mehnat holatlari böyiça axborot berildi.

Kun.uz muxbiri xabariga köra, paxta mavsumi bilan boğliq eng köp majburiy mehnat holati Namangan viloyatida aniqlangan. Respublika böyiça qayd etilgan holatlarning 42,2 foizi uşbu hudud hisobiga töğri keladi. Bir neça bor ogohlantirişlarga qaramay, paxta masalalariga tuman hokimlari aralaşuvi ham viloyatda qayd etilgan.

Şuningdek, mavsum davomida majburiy mehnatga jalb qiliş boşqa hududlarda ham, xususan, Jizzax viloyatida 7 ta, Toşkent viloyatida 6 ta, Surxondaryo viloyatida 5 ta, Xorazm viloyatida 3 ta, Buxoro, Andijon, Qaşqadaryo, Navoiy, Farğona viloyatlarida bittadan kuzatilgan. Bundan taşqari, 61 ta holatda mehnat şartnomasi tuzilmaganligi, 34 ta holatda mehnat şaroitlari yaratilmaganligi, 13 ta holatda mehnat vazifasini bajarmaganligi, 17 ta holatda iş haqining öz vaqtida tölanmasligi aniqlangan.

“Majburiy mehnatga şaroit yaratib berilganligi uçun 5 ta tuman hokimiga çora köriş böyiça kiritilgan takliflarimiz qöllab-quvvatlanib, Vazirlar Mahkamasi farmoyişiga asosan Çortoq (A.Otaxöjayev), Uçqörğon (A.Vahobov), Ohangaron (A.Abdullayev), Örta Çirçiq (O.Nurmatov), Urganç (F.Şaripov) tuman hokimlariga “hayfsan” berildi va uşbu holat yana takrorlanadigan bölsa, egallab turgan lavozimidan ozod etilişi böyiça ogohlantirildi”, – dedi yiğilişni olib borgan komissiya raisi Tanzila Norboyeva. 

Yiğilişda 2020 yil davomida mehnat qonunçiligini buzganligi uçun 170 nafar mansabdor şaxsga jami 652 mln sömdan ziyod miqdorda ma'muriy jarima tayinlangani, majburiy mehnatga yöl qöyganligi uçun 42 nafar mansabdor şaxs ma'muriy javobgarlikka tortilgani aytib ötildi.

Komissiya yiğilişi xulosasiga asosan, 2021 yildan boşlab nafaqat paxtaçilik, balki boşqa sohalarda ham yöl qöyilayotgan majburiy mehnat holatlari monitoringini yuritiş böyiça körsatma berildi.