Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston va Xitoy TIV rahbarlari telefon orqali muloqot qildi
Koronavirus infeksiyasi pandemiyasi oqibatlarini bartaraf etish bo‘yicha hamkorlik masalalariga alohida e'tibor qaratildi.
2020 yilning 5 may kuni O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilovning Xitoy Davlat kengashi a'zosi, tashqi ishlar vaziri Van I bilan telefon orqali muloqoti bo‘lib o‘tdi.
TIV xabariga ko‘ra, suhbat chog‘ida tashqi siyosat idoralari rahbarlari ko‘p tomonlama O‘zbekiston-Xitoy strategik sherikligini yanada mustahkamlashning muhimligini qayd etdilar.
Oliy va yuqori darajadagi tadbirlarning jadvali va kun tartibi muhokama qilindi.
Epidemiologik holatning yaxshilanishi bilan tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasidagi siyosiy maslahatlashuvlarning navbatdagi raundini, Hamkorlik bo‘yicha O‘zbekiston-Xitoy hukumatlararo qo‘mitasining sohaviy kichik qo‘mitalari yig‘ilishlarini o‘tkazish to‘g‘risida kelishuvga erishildi.
Karantin cheklovlari sharoitida ikki tomonlama aloqalarning dolzarb jabhalarini muhokama qilish uchun hamkorlikning yangi formatlaridan faol foydalanishga kelishib olindi.
Koronavirus infeksiyasi pandemiyasi oqibatlarini bartaraf etish bo‘yicha hamkorlik masalalariga alohida e'tibor qaratildi.
TIV rahbarlari Afg‘onistonda tinchlik muzokaralar jarayonini boshlashga ko‘maklashish mexanizmlarini ham alohida ko‘rib chiqdilar.
BMT, ShHT va boshqa xalqaro strukturalar doirasidagi hamkorlik yuzasidan fikr almashildi, deyiladi ma'lumotda.
Mavzuga oid
08:43 / 11.06.2026
Jahon neft savdosi markazi Osiyoga ko‘chmoqda
22:15 / 09.06.2026
Xitoyda ilk marta odamga cho‘chqaning ikkita buyragi va jigari muvaffaqiyatli ko‘chirib o‘tkazildi
21:33 / 09.06.2026
Xitoyning o‘nlab kompaniyalari Pentagonning qora ro‘yxatiga kiritildi
20:27 / 09.06.2026