Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turkish Airlines iyundan 19 ta davlat bilan aviaaloqani tiklaydi
Turkiyaning eng yirik aviakompaniyasi Turkish Airlines iyun, iyul va avgust oylarida parvozlarni tiklash rejasini tayyorladi. Kompaniya dastlab ichki reyslarni, so‘ngra 19 ta davlatga 22 ta yo‘nalish bo‘yicha xalqaro reyslarni tiklaydi.
Bu haqda Daily Sabah nashri xabar berdi.
Aviakompaniya iyunda 60 foiz ichki reyslarni tiklab, iyul va avgustda ularni kengaytirmoqchi.
Jumladan, iyundan aviakompaniya Kanada, Afg‘oniston, Qozog‘iston, Yaponiya, Janubiy Koreya, Singapur, Daniya, Shvetsiya, Germaniya, Norvegiya, Avstriya, Niderlandiya, Belgiya, Belarus, Isroil, Kuvayt, Gruziya va Livanga parvozlarni boshlab, haftasiga 75 ta reys amalga oshirmoqchi.
Kompaniya iyulda 103 ta, avgustda esa 160 ta xalqaro yo‘nalish bo‘yicha parvozlarni amalga oshirishni rejalashtirmoqda.
Turkish Airlines koronavirus pandemiyasi sababli barcha xalqaro parvozlarni 28 maygacha to‘xtatgandi. U yo‘lovchi reyslarining bir qismini yuk tashishlar bilan almashtirgandi.
Mavzuga oid
09:48 / 17.06.2025
Erdo‘g‘an: Qisqa vaqtda hech kim bizga qarshi chiqishga jur’at etolmaydigan darajaga chiqamiz
12:55 / 09.06.2025
Turkiyaning O‘zbekistondagi elchixonasi qoshida maktab ochiladi
22:58 / 07.06.2025
Turkiyada sayyohlarning kartasidan 29 mln dollar o‘g‘irlagan guruh a’zolari ushlandi
19:16 / 07.06.2025